Preparatning savdo nomi: Redoff
Faol modda (INN): L-ornitin-L-aspartat
Dozalash shakli: infuzion eritma uchun konsentrat.
Tarkibi: Har bir infuzion eritma tarkibida: faol modda: L-ornitin-L-aspartat - 500 mg; yordamchi moddalar: xlorid kislotasi*, natriy gidroksid* in’ektsiya uchun suv 10 ml gacha mavjud.
Tavsif: rangsiz shaffof eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni tuzatish uchun vositalar. Karbamid hosil bo'lishining ornitin tsiklini (ammiakdan karbamid hosil bo'lish reaktsiyasi) rag'batlantiradi, shu bilan ammiakni qon oqimidan olib tashlaydi. L-aspartat: L-aspartat ham Redoffning faol moddasi bo'lib, trikarboksilik kislota aylanishiga ta'sir qiladi. L-aspartat periveno'z gepatotsitlarda glutamin sintezini rag'batlantiradi, bu esa